Poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida kikboksing bo‘yicha jahon kubogi bahslari davom etmoqda.

Jahon kubogida 53 davlatdan 2600 nafaran ortiq kikboksing ustalari 7 ta yo‘nalishda g‘oliblik uchun bellashmoqda.

Musobaqaning dastlabki kunida Akbar Iskandarov, Asadbek Ahmedov, Kamoliddin Azimjonov, Javohir Akbarov, Alisher Ravshanov, Sanjar Nosirov, Nazokat Bozorova, Shodiya Shavkatbekova, Shoira To‘laganova, Nurbahor Rahimova hamda Safiya Agafonova kabi kikboksingchilarimiz o‘z yo‘nalishlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon kubogining dastlabki kunidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 25 oltin, 32 kumush, 53 bronza jami 110 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, medal jamg‘arishda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 bronzaga ega bo‘lgan Tojikiston ikkinchi bo‘lib turibdi. Kuchli uchlikni Qozog‘iston termasi 2 ta oltin, 3 ta kumush hamda 9 ta bronza medali bilan yakunladi.

Mazkur musobaqa 28 sentyabr kuniga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA