O‘zbekistonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi yanada rivojlantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, “Tibbiy xizmatlar mehmondustligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi;
konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport- tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko‘rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish;
“Avitsenna” nomi ostida O‘zbekiston Respublikasining tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendini ishlab chiqish va uni doimiy ravishda targ‘ib qilib borish;
toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish;
tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) ob’ektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish;
2025 yil 1 aprelga qadar internet tarmog‘i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ra ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalarini dastlabki olti oylik abonent to‘lovini to‘lashdan ozod qilish ishlari amalga oshiriladi.
Qaror bilan:
Tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;
Zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati;
2025-2026 yillarda Andijon, Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari;
Tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalarining shifokorlari tomonidan bepul tibbiy diagnostika xizmatlarini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladigan xorijiy mamlakatlar ro‘yxati;
2024-2027 yillarda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Xalqaro qo‘shma komissiyadan (Joint Commission International) akkreditatsiyadan o‘tgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan o‘tish xarajatlarining 50 foizi Sog‘liqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Bunda imtiyozdan foydalangan xususiy tibbiyot muassasasi bilan affillangan shaxslarga mazkur imtiyoz taqdim etilmaydi;
shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) ob’ektlaridan tibbiyot muassasalari, sanatoriy va pansionatlar teng va umumiy tartibda foydalanadi.
Turizm qo‘mitasi 2025 yil 1 martga qadar:
tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;
davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri ishga tushiriladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab 2028 yil 1 yanvarga qadar Yagona reyestrga kiritilgan tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalarining xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarda o‘z xizmatlari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etish xarajatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi imkoniyatlarini tartib qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
O‘zA