Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda ekinlarning yangi navlari va o‘g‘itlarni kashf etish bugungi kunning ahamiyatli vazifasidan biriga aylanmoqda.
Nukus tumani “Samanbay” ovul fuqarolar yig‘inidagi “D.S.Feruz” fermer xo‘jaligining 1 gektar paxta va 1 gektar kunjut maydonida mahalliy olimlar tomonidan ishlab chiqilgan organik o‘g‘it sinovdan o‘tkazilib, bu bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi sohasi olimlari va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
Olimlar tomonidan mahalliy glaukonitdan Karafos organik o‘g‘iti tayyorlandi. Bu o‘g‘it orqali hosildorlik ikki hissa ortishi va namlikning uzoq vaqt saqlanib turishiga erishish bilan birga ekinlar tez rivojlanishiga yordam berib, mo‘l hosil olishga zamin yaratadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.