Saudiya Arabistoni Podshohligi har yili 23 sentyabrda Milliy kunni keng nishonlaydi. Bayram shodiyonalarida “Arda” raqsi ijro etiladi.
Arda – noyob meros san’ati
Arablar qo‘lda qilich bilan qo‘shiq kuylab, siltanib raqsga tushgani ko‘pchilikning e’tiborini tortgani aniq. Bu an’anaviy san’at namunasining folklor shakli turli xil madaniy an’anaga, teran tarixga ega meros hisoblanib, chuqur ma’nosi, go‘zal harakatlari bilan ajralib turadi.
SPA axborot agentligi yozishicha, Arda – rahbariyat va xalq o‘rtasidagi abadiy hamjihatlik timsoli sifatida erkaklar tomonidan ijro etiladi. Kishida g‘ayrat hissini, vatanga sadoqat, muhabbat ruhini uyg‘otadi.
Arda she’rlari orasida eng mashhuri hisoblanadigan “Nahvat Al-Auja” tarixi zamonaviy davlat barpo etilishidan oldingi Ol Saud sulolasiga taqaladi.
2015 yil dekabr oyida UNESCO nomadaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2017 yil qirol Abdulaziz saroyida Saudiya Arda Milliy markazi tashkil etildi. Ushbu jangovar ijro davomiyligi 4 soatgacha cho‘ziladi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik munosabat 1992 yil 20 fevralda o‘rnatilgan. Ushbu mamlakat birinchilar qatorida mamlakatimiz mustaqilligini e’tirof etgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 17-18 avgust kunlari Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tarixiy tashrif, valiahd shahzoda, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad ibn Salmon bin Abdulaziz bilan o‘tkazilgan muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikni yuqori cho‘qqiga ko‘tardi. Bugungi kunda oliy darajada imzolangan qator hujjatlar turli sohalarda sheriklikni rivojlantirishga asos bo‘lmoqda.
Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA