AQSH va BAA davlat rahbarlari 23 sentyabr kuni Vashingtonda uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama munosabat, mintaqaviy kun tartibi, ilg‘or texnologiyalar, energetika, kosmos, muhim infratuzilma va sarmoya sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Vashingtonga ilk tashrifini amalga oshirmoqda. Uning diplomatik maslahatchisi Anvar Gargash ma’lum qilishicha, Bayden bilan muloqotning asosiy mavzusi keyingi 10 yil davomidagi munosabatni bugungi kun talabiga mos tarzda tiklash bilan bog‘liq. Mulozim suhbat chog‘ida G‘azo sektoridagi vaziyat va mintaqaviy o‘zgarishlar masalasi ham ko‘tarilishi kutilayotganini ham qo‘shimcha qilgan.