Davlatimiz rahbari qurilish va loyihalashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

So‘zga chiqqanlar qurilish ob’ekti hududida ishchilarning vaqtincha yashashi uchun sharoit yaratish, qurilish ishlariga qo‘shimcha ishchi kuchini jalb qilish jarayonini soddalashtirish, loyihalash tashkilotlari reytingini hisoblashda xizmatlar eksportini ham inobatga olish va boshqa takliflarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga aytilgan tashabbuslarni chuqur o‘rganib, joriy etish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.

Yig‘ilish davomida tarmoqlar va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

O‘zA