Mamlakatimizda so‘nggi yetti yilda qariyb 100 milliard dollarlik qurilish ishlari bajarilib, bu borada katta tajriba orttirilgani ta’kidlandi.
Lekin iqlim o‘zgarishi, energiya va tabiiy resurslar tobora tanqis bo‘layotgani, demografiya va ekologiya masalalari butun dunyoda qurilish industriyasida har kuni yangi yondashuv va yangi yechimlarni taqozo qilmoqda.
Masalan, hozirgi loyihalar faqat binoni o‘zini qurish bilan cheklanmasdan, avtoturargohi, yashil hududi, maktab-bog‘chasi, sport va xizmat ob’ektlari qanday bo‘ladi, degan savollarni ham kompleks qamrab olishi kerak.
Davlatimiz rahbari bu borada hali qiladigan ishlar juda ko‘pligini ko‘rsatib o‘tdi.
Ayniqsa, bizni sharoitda tannarx, sifat va qurilish madaniyati eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
O‘zA