“Numbeo” portali tuzgan yer yuzi davlatlarida belgilangan o‘rtacha maosh reytingida O‘zbekiston 438 dollar bilan 76-o‘rinni egalladi.
Mamlakatimiz ayni ko‘rsatkich bo‘yicha Ozarbayjon va Braziliya oralig‘idan joy olgan. Aniqlanishicha, qardosh ozar yurti ishchi-xizmatchilari ham xuddi bizdagidek oyiga o‘rtacha 438 dollar olarkan, Braziliyada esa oylik miqdori 426 dollarni tashkil qilgan.
Reytingda 7193 dollar bilan Shveysariya yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Lyuksemburg, uchinchi pog‘onada AQSH turibdi – mos ravishda 6030 va 4529 dollar bilan.
Osiyo qit’asi miqyosida Singapur va Qatar yuqori daraja ko‘rsatgan – jahonda 4-5-o‘rinlar. Turkiya 705 dollar bilan 55-o‘rinda. Qozog‘iston (580) Rossiya (554)ni ortda qoldirgan .
Eng kam oylik maosh Kubada ekan: atigi 37 dollar.