Bugun ko‘pchilik yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan bir mavzu borki u ham bo‘lsa Germaniyaga migratsiya masalasi. Ayniqsa, Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning 2024 yil 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifidan so‘ng mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar turli sohalarda kengayishiga yana bir turtki bo‘ldi. Shu jumladan, ushbu tarixiy uchrashuvda mehnat migratsiyasi borasida ham muhim hujjat imzolandi va bu yo‘nalishda to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bosh mutaxassisi Bunyod Yo‘ldoshevga murojaat qildik.
-Aytingchi Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning yurtimizga tashrifidan so‘ng migratsiya sohasida qanday imkoniyatlar yuzaga keldi?
– O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari o‘rtasidagi “Migratsiya va mobillik to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitim imzolanganidan keyin kelgusida Germaniyaga borish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun bir qator yangiliklar kutilmoqda…
-Germaniyaga borish mehnat migrantlari uchun soddalashtiriladimi?
– Soddalashtirish deganda ko‘pchilik boshqa ma’noga urg‘u berib qolishi mumkin. Germaniya ish beruvchilari o‘zini qo‘ygan talablarini pasaytirib yubormaydi… (davomi videoda)
Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev(video), O‘zA