Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatayotgan “Elim tolasi” fermer xo‘jaligi mirishkorlari paxta yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomaviy rejani birinchilardan bo‘lib bajardi.

Fermer xo‘jalikda joriy yilda ekilgan 22,4 gektar maydondagi g‘o‘za parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlar sifatli olib borilishi natijasida mo‘l hosil to‘plandi.

Birinchi terimning o‘zida 48 tonna o‘rniga 72 tonna paxta xomashyosi topshirildi. Yig‘ilgan hosil to‘laligicha oliy navga sotildi. Yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olishda ilg‘or terimchilar kuniga 100-130 kilogrammdan oshirib paxta termoqda.

Shu munosabat bilan fermer xo‘jaligi rahbari Qadamboy Kazakovga tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘asi topshirildi. Shuningdek, terimda ishtirok qilayotgan terimchilar ham munosib rag‘batlantirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.