Beruniy tumanlararo sudining joriy yil 29 apreldagi qarori bilan qarzdor “Amudaryotex” mas’uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi aksiyadorlik-tijorat “Agrobank”ning Amudaryo tuman bo‘limi foydasiga 12 milliard 311 million so‘mdan ziyod kredit qarzdorlikni undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo bo‘limi tomonidan qarzdor “Amudaryotex” mas’uliyati cheklangan jamiyatga ijro hujjati talabini bajarish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berildi. Ushbu muddat ichida kreditni o‘z vaqtida qaytarmagan. Natijada ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli qarzdorning asosiy bank hisob raqamiga elektron inkasso qo‘yildi va barcha hisob raqamlariga band solindi. Shuning natijasida qarzdordan undirilishi lozim bo‘lgan kredit qarzi to‘lig‘i bilan undirilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.