“Lockheed Martin” korporatsiyasi ishlab chiqarayotgan Amerikaning beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotini yaratish dasturi qiymati deyarli 10 foiz oshib, 485 milliard dollarga yetdi. Ya’ni, vigatel qizib ketishi muammosini bartaraf etish uchun qo‘shimcha xarajat zarurligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Blumberg” Pentagon manbalariga tayanib yozgan.
– G‘-35 uchog‘ini yanada takomillashtirish uchun mablag‘ kerak, – deb yozgan agentlik.
Avval loyihaning qiymati 442 milliard dollarligi e’lon qilingandi.
Ta’kidlanishicha, ushbu dastur Amerika qurol tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar orasida eng qimmati bo‘lib chiqdi. Shu kungacha Harbiy-havo kuchlari va Vashingtonning xalqaro hamkorlari mingdan ortiq qiruvchi samolyot qabul qilib olgan. Umuman, dastur asosida 2088 yilgacha xizmat qiladigan uch mingdan ortiq samolyot yaratish rejalashtirilgan.