Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 7-tur bahsida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ukrainalik shaxmatchilar bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning ilk soatlarida birinchi doskada dona surgan Nodirbek Abdusattorov ukrainalik Andreya Volokitinni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi.
Ukraina – O‘zbekiston qarama-qarshiligining 3-taxtasida harakatlangan Javohir Sindorov Ruslan Ponomarevni 50-yurish holatida taslim etdi. 4-taxtada Anton Korobov bilan to‘qnash kelgan Javohir Sindorov murosa yo‘lini tanlagan holda O‘zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 4-taxtadagi o‘yin yakunlamasdan naqd etdi – 2,5:0,5. Ikkinchi taxtada o‘tgan Nodirbek Yoqubboyev va tajribali Vasiliya Ivanchukning o‘yini so‘nggi daqiqalargacha davom etib, tomonlar 0,5 ochkoli bo‘ldi. Bu esa hamyurtlarimiz Ukraina terma jamoasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirishiga olib keldi.
Ukraina terma jamoasi ustidan erishilgan g‘alaba O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 12 ochko bilan umumjamoada 3-o‘ringa ko‘tarilib olishini ta’minladi.
Shaxmatchi qizlarimiz 7-turda Gretsiya terma jamoasi bilan bellashdi. O‘yinning dastlabki holatida Umida Omonova va Nodira Nodirjonova terma jamoamiz uchun muhim bo‘lgan ilk g‘alabalarni taqdim etdi. Marjona Malikova durangga erishdi. Afro‘za Hamdamova esa imkoniyatni boy berdi. Shunday qilib O‘zbekiston ayollar terma jamoasi gretsiyalik shaxmatchi qizlarni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi va ochkolari sonini 11 taga yetkazib oldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA