Bugun Koreya Xalq Demokratik Respublikasi shimoli-sharqiy yo‘nalishda navbatdagi qisqa masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarini uchirdi. Ushbu xabarni “Yonhap” agentligi tarqatgan.
Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qilishicha, amaliyot mahalliy vaqt bilan taxminan soat 6.50 da Pxenyan shimolidagi Janubiy Pyongan viloyati (Pyongan-namdo)dagi Kayechon shahri yaqinidan uchirilgan va taxminan 400 kilometr masofani bosib o‘tgan. Hisobotda raketalarning soni va qayerga tushishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Avvalroq, 12 sentyabrda Shimoliy Koreya Yapon dengizi sharqiy qismi tomonga xuddi shunday raketalarni yo‘naltirgan edi.
Ushbu mamlakat ilk bor uranni boyitish zavodi haqidagi ma’lumotni ham oshkor qildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni Shimoliy Koreyaning samoga ko‘tarilgan ikki ballistik raketasidan biri parvozning dastlabki bosqichida noto‘g‘ri uchib ketgan bo‘lishi, qurilma parchalari mamlakat hududiga qulashi mumkinligi ma’lum qilingan edi.
Umuman, axborotda KXDR joriy yil 10 martadan ko‘p ballistik raketa sinovi o‘tkazganiga urg‘u berilgan.