Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qurolli kuchlar sonini 2 389 130 kishiga yetkazish qarorini e’lon qildi. Ularning 1,5 millioni harbiy xizmatchi.
Tegishli farmon bugun me’yoriy-huquqiy hujjatlar portalida paydo bo‘ldi.
Davlat rahbarining ushbu ko‘rsatmasi “Mudofaa to‘g‘risida”gi 1996 yil 31 mayda chiqqan 61-FZ-sonli Federal qonunning 4-moddasiga mos keladi.
Hukumatga federal byudjetdan Mudofaa vazirligi farmonning 1-bandini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘ ajratilishini ta’minlash topshirildi.
RF harbiylari tarkibi oxirgi marta 2023 yil dekabrida o‘zgartirilgan edi.