Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi hamda buyurtmachi korxona mutaxassislari hamkorlikda “Dovud-ota” chegara bojxona postini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishdi.
Mazkur chegara bojxona postida 2-bosqich qurilish ishlarini boshlash maqsadida vaqtinchalik post tashkil etish va undan foydalanish uchun avtoyo‘l, kirish-chiqish darvozalarini ishga tushirish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugungi kunda yangidan qurilgan 1,8 kilometr uzunlikdagi 10 kV quvvatli havo liniyasi orqali chegara posti elektr ta’minoti liniyasiga va “Yashil energiya” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 300 kVtli quyosh fotoelektr stansiyasiga ulash ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlarini sifatli olib borish, uni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.