16 sentyabr kuni 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroil jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, shaxmatchi qizlarimiz Niderlandiya vakillari bilan murosa yo‘lini tanladi-2:2.

Shaxmatchi yigitlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev raqiblarini mag‘lub etdi. Javohir Sindorov imkoniyatni boy berdi. Shamsiddin Vohidov esa durangga erishdi.

Shaxmatchi qizlarimizdan Afro‘za Hamdamova va Nilufar Yoqubboyeva bahsida durang qayd etildi. Umida Omonova raqibiga yutqazib qo‘ygan vaziyatda Nodira Nodirjonovaning g‘alabasi evaziga O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 0,5 ochkoli bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA