Joriy yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Statistika agentligining ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 4,3 ming nafarga yoki 30,9 foizga ko‘pdir.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha: dam olish – 15 303 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash – 2 189 nafar, xizmat yuzasidan – 846 nafar, tijorat – 44 nafar, o‘qish – 20 nafar, davolanish – 7 nafarni tashkil etmoqda.
Sh. Mamaturopova,
O‘zA