Qozog‘istonda “Jastar generation – 2024” xalqaro yoshlar lagerining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoshlar tashkilotlari yetakchilari, YUNESKOning Almatidagi mintaqaviy vakolatxonasi mas’ullari hamda YUNESKOning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilarga milliy qadriyatlar, birlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish yo‘lidagi faol faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi.

Yoshlar oromgohida jamoani shakllantirish, muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirish, millatlararo muloqot, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha turli treninglar, soha yetakchilari va muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan rag‘batlantiruvchi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA