Samarqand shahrida o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.

Umuman, rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, shu jumladan:

– Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;

– “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;

– O‘ta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;

– Transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Parij bitimi doirasida iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

Bundan tashqari, 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi.