Xivada tashkil etilgan Markaziy Osiyo parlamentlari ikkinchi forumida mintaqadagi parlamentlar rahbarlari va a’zolari faol ishtirok etdi.

Forum davomida mintaqada yaqin qo‘shnichilik, hamkorlikning har tomonlama mustahkamlanib borayotgani taraqqiyotga, xalqlarimizning tinchligi va farovonligiga xizmat qilishi qayd etildi.

Forumda so‘zlagan Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi namoyondagon raisi Maxmadtoir Zokirzoda yuqori saviyada tashkil etilgan forum uchun o‘z minnatdorligini bildirdi. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Markaziy Osiyodagi o‘zaro hamkorlik tanlov emas, balki ob’ektiv zarurat ekani to‘g‘risidagi fikrini keltirdi.

O‘z navbatida, mintaqadagi hamkorlikning rivojlanishi davlat rahbarlarining o‘zaro siyosiy irodasi natijasida ro‘y bermoqda.

Tojikiston parlamenti qonunchilik organlari o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekani qayd etildi.

Ayniqsa, Tojikiston uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetika, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish dolzarb ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

N.Abduraimova, B.Saidov (surat), O‘zA