Bugun tarixda birinchi marta professional kosmonavt bo‘lmaganlar ochiq koinotga parvozni amalga oshirishdi.
Har qanday kosmik parvoz bir necha yillar davomida ko‘p bosqichli tayyorgarlikdan boshlanadi. Kosmonavtlar turli jismoniy tayyorgarlikdan o‘tishadi. Odatda, ular bir necha mutaxassisliklarni egallab olishi kerak bo‘ladi. Raketa, qaytib yerga tushuvchi modul va kosmik kemaning barcha tizimlar ko‘p bosqichli sinovlardan o‘tkaziladi.
Bugungi kunda barcha sohalar kabi kosmonavtika ham shiddat bilan rivojlanmoqda. SpaceX ichida to‘rt nafar sayyoh bo‘lgan Crew Dragon kosmik kemasini uchirdi. Tarixda birinchi marta professional kosmonavt bo‘lmaganlar ochiq koinotga chiqishmoqda.
Polaris Dawn missiyasining sardori va homiysi, milliarder Jared Ayzekman Yer yuzasidan 700 km dan ortiq balandlikda 25 ming km/soat tezlikda uchayotgan Dragon kosmik kemasidan chiqdi va bir necha daqiqadan so‘ng muvaffaqiyatli qaytdi.
Jarayonni jonli efirda kuzating — https://www.youtube.com/watch?v=VjHzpOqu5iU
M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA