Ukraina Hindistondan Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokarada moderatorlik qilishni so‘rayapti. “Blumberg” agentligi Ukrainaning Nyu-Dehlidagi elchisi Aleksandr Polishchukga tayanib shunday yozdi.

Avvalroq “New York Times” gazetasi Ukraina rasmiylari, garchi, Bosh vazir Narendra Modi Rossiya bilan ziddiyatga barham berish uchun hissa qo‘shish, bu jarayonda har qanday vazifani bajarishga tayyorligini aytganiga qaramay, Hindistonni vositachi sifatida ko‘rmayotganini yozgandi.

Polishchuk fikricha, Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligini niyat qilayotgan bo‘lsa, mojaroni hal qilishda faolroq bo‘lishi kerak. Ya’ni, Nyu-Dehli RF va Ukraina o‘rtasida xabar uzatuvchi “pochtachi” roli bilan qanoatlanmasligi kerak.

Elchi, shuningdek, Kiyev Nyu-Dehliga ayni masala bo‘yicha konferensiya o‘tkazishni taklif qilganini ham eslatdi. Ta’kidlanishicha, Hindiston tomoni bu taklifga rozi bo‘lish-bo‘lmasligi hali noma’lum.