Rossiya Federatsiyasi Belgorod viloyatida lokomotiv va yuk poyezdi vagonlari to‘qnashib ketdi. Bu haqda mamlakat Janubi-sharqiy temir yo‘l tizimi matbuot xizmati xabar berdi.
— Kecha tunda, soat 23:17 da Volokonovka – Yangi Oskol yo‘nalishidagi uchastkada yuk poyezdi teplovozi va 11 ta bo‘sh vagon izdan chiqib ketdi, — deyilgan ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilingan bayonotda. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyida ish olib boryapti.
Gubernator Vyacheslav Gladkov “ushbu hududdan o‘tuvchi yo‘lovchi poyezdlari aylanib o‘tayotgani”ni bildirdi.
Voqea munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi “terror hujumi” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.