Qirg‘izistonda “Issiqko‘l-2024” VIII Xalqaro iqtisodiy forumi o‘tkkazildi. Bu haqda “Kabar” axborot agentli xabar berdi.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy investitsiya agentligi tomonidan tashkil etilgan forum mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, kabi qator mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish uchun qulay maydondir. Shu ma’noda bo‘lib o‘tgan uchrashuv, muzokaralar kelajak uchun muhim loyihalarga zamin yaratishi shubhasiz.
Anjumanda energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mehmonxona va restoran biznesi, arxitektura va qurilish muhandisligi, axborot texnologiyalari, logistika va xalqaro transport kabi sohalariga oid dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Ushbu yirik tadbir “Ipak yo‘li” tashabbusida ishtirok etayotgan mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiy, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida kuchlarni birlashtirish orqali sheriklikni rivojlantirishi uchun samarali va barqaror vosita sifatida namoyon bo‘ldi.