Bugun, 2024 yil 12 sentyabr kuni ko‘hna Xorazm zaminining Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi o‘z ishini boshlaydi.
Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari rahbarlari va delegatsiyalari, shu jumladan, yoshlar parlamenti va guruhlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari ishtirok etadi.
Forumdan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, do‘stlik guruhlari, davlat hokimiyati vakillik organlari, yoshlar parlamentlari hamda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirishdan iborat.
Forum bilan bog‘liq barcha ma’lumot va yangiliklarni saytimizda yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring!
N.Abduraimova,
O‘zA