Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov boshchiligida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolar tomonidan 78 ta jinoyat, 28 ta fuqarolik hamda 5 ta ma’muriy sudlovga oid murojaatlar o‘rganildi. Shundan 75 ta og‘zaki murojaat va 36 ta yozma ariza qabul qilindi. 14 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 75 ta murojaat qanoatlantirildi hamda 22 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Shu kuni taqdimnoma va iltimosnomalar asosida jazo o‘tayotgan 61 nafar shaxs jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan 14 ta sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi. Shuningdek, yuridik faktni tasdiqlash haqidagi 2 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilindi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan bir nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan oila yarashtirildi.
Sayyor qabulda murojaatlari yechim topgan 4 nafar fuqaro Oliy sud raisi nomiga yozma tashakkurnoma bildirdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.