Nukus tumanidagi “Diyqan arna” mahalla fuqarolar yig‘inida 3 ming 500 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahalla ahlining aksariyati dehqonchilik, bog‘dorchilik va asalarichilik bilan shug‘ullanadi.

Joriy yilda davlat dasturi doirasida mahallada keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ko‘chalar, xiyobonlar tartibga keltirilib, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, futbol va sport maydonchalari yangidan qurildi. Shuningdek,  hududdan o‘tuvchi katta magistral yo‘l bo‘yida zamonaviy savdo majmuasi barpo etildi.

Bundan tashqari, tuman hokimligi va sektor rahbarlari tomonidan mahalladagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy va amaliy ko‘mak berildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 25 iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida hududda “Diyqan arna” mahalla servis kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 20 nafarga yaqin fuqaro bandligi ta’minlandi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA