Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi ish boshlaydi

Bugun G‘arbiy yarim sharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 79-yillik sessiya, tinchlik va global xavfsizlik masalasini muhokama qilish uchun birinchi “Kelajak sammiti”, shuningdek yuqori darajadagi an’anaviy haftalikka yig‘iladi.

Anjumanning asosiy voqeasi – an’anaviy yuqori darajadagi haftalikda, odatdagidek, davlat rahbarlari va vazirlar yig‘ilib, dolzarb masalalar yuzasidan so‘z yuritadi. Yillik debat 24-28 sentyabr va 30 sentyabr kunlariga belgilangan.

В Nyu-Йорке сtaртует 79-я sessiya Генеральной Ассамблеи ООН - ANNA NEWS

Bu yil “Kelajak sammiti” ham bo‘lib o‘tadi. Yakunda “Kelajak uchun pakt”, Global raqamli kelishuv va “Kelajak avlodlar deklaratsiyasi” tasdiqlanishi kutilyapti.

Vetnamda avtomobillar o‘tadigan ko‘prik quladi

Vetnam shimolidagi Futxo muzofotida ko‘prik qulab tushib, 10 dan ziyod odam suvda yo‘qolgan. Bu haqda “VnExpress” yangiliklar portali yozdi.

Ma’lumotga ko‘ra, baxtsiz hodisa payti Qizil daryo ustidagi qurilmadan o‘tayotgan bir nechta avtomobil va mototsikl suvga g‘arq bo‘lgan.

– Transport vositalarida qancha odam bo‘lgani hali aniqlanmadi, – deyilgan axborotda. – Hozircha 13 kishining taqdiri noma’lumligi taxmin qilinyapti.

Favqulodda voqea joyida qidiruv-qutqaruv amaliyoti olib borayotgan harbiylar aytishicha, kuzatuv kameralari va video ma’lumot to‘plovchi moslamalar tasviri tahlil qilingan. Xullas, ko‘prikning yarmi bilan birga kamida 10 ta yengil va yuk tashiydigan mashina hamda ikki mototsikl daryoga qulagan. Yo‘qolganlar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin, chunki video lavhada mashinalar qancha odam olib ketayotgani ko‘rinmagan.

Armaniston YeI bilan vizani liberallashtirmoqchi

Армения начала диалог по либерализации визового режима с Евросоюзом - РИА  Новости, 09.09.2024

Armaniston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Mger Grigoryan Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosari Margaritis Sxinas bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakuni bo‘yicha bayonot berib, Yevropa Ittifoqi bilan viza siyosatini liberallashtirish bo‘yicha muloqot boshlanganini rasman e’lon qildi.

6 sentyabr kuni YeK Sxinas Yerevanga borishini ma’lum qilgandi. Safardan ko‘zlangan maqsad YeI mamlakatlariga qisqa muddatga kirayotgan Armaniston fuqarolari uchun dastlabki viza olish zaruratini bekor qilishga kelishish edi. Shu bilan birga YeK Yerevanga chegara, migratsiya, xavfsizlik va sayohat masalalariga oid asosiy huquq va erkinlikni hurmat qilish yo‘lida islohot o‘tkazish zarurligini eslatgan.

Grigoryanning fikricha, Armaniston bu jarayonni migratsiya va chegarani boshqarish sohalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan strategik kun tartibi sifatida ko‘radi.

AQSHda 160 dan ko‘p odam vazn yo‘qotadigan doridan vafot etgan

Daily Mail” nashri olib borgan tahlil natijasi AQSHda 2018 yildan buyon диабетга qarshi ishlatiladigan “Ozempik” dorisi va boshqa preparatlardan vazn yo‘qotish uchun foydalanilishi oqibatida 162 kishi hayotdan ko‘z yumganini ko‘rsatmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, biror o‘lim holati to‘g‘ridan-to‘g‘ri in’eksiya ta’sirida sodir bo‘lgani hali isbotlanmagan. Ekspertlar esa o‘lim statistikasi salbiy natijada bunday dorilar muhim rol o‘ynagan holatlar mavjudligi aks etganini ta’kidlamoqda. Umuman, 2023-2024yillarda vazn yo‘qotadigan dori vositasidan foydalanib vafot etganlar soni bir necha marta oshgan. Masalan, ayni ko‘rsatkich 2022 yil 18, 2023 yil 58, 2024 yilning birinchi yarmida esa 57 tani tashkil etgan.

Avvalroq, CNN telekanali Ozempik qabul qilgan odamda o‘z joniga qasd qilish fikri 45 foiz ko‘proq ekanini ma’lum qilgan edi. Semaglutid, deb ham ataladigan bu preparat dastlab 2-toifa diabetga chalingan bemor qonidagi shakar darajasini tartibga solishga yordam beradigan gormon ekani aniqlangan. Keyinchalik ishtahani nazorat qilish uchun miyaga ta’sir qila olishi man’lum bo‘lgach, vazn yo‘qotish maqsadida qo‘llana boshlandi.

NATO iste’fodagi uchuvchilarni Ukraina harbiylarini o‘qitishga

jalb qilishi mumkin

В NATO захотели привлечь пилотов F-16 в отсtaвке к оbuчению ВSУ: Политика:  Мир: Lenta.ru

NATOga a’zo mamlakatlarbir vaqtlar F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqargan, hozir iste’fodagi xodimlarini ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashga jalb etishi mumkin. Bu ma’lumotni amerikalik senator Lindsi Grem oshkor qildi.

Ayni masala Vladimir Zelenskiy va AQSH Kongressi delegatsiyasining 6 sentyabr kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.

– Suhbatimiz ustuvorligi aslahadan samarali foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratildi, – dedi Grem Rada telekanalida chiqish qilib. – Shuningdek, qurolga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish, jangovar uchuvchilarni tayyorlash maqsadida NATO davlatlaridan iste’fodagi F-16 mutaxassislarini jalb qilish haqida ham gaplashdik. Bu ukrainaliklar qiruvchi samolyot boshqaruvini tezroq o‘zlashtirishiga yordam bergan bo‘lardi.

Hindistonda ilk maymun chechagi holati tasdiqlandi

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun chechagi bilan kasallangan birinchi inson qayd etilgani haqida ma’lum qildi.

– Laboratoriya tekshiruvi bemorda G‘arbiy Afrika maymun chechagi virusi borligini tasdiqladi, – deyilgan xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, kasallangan odam yaqinda chechak tarqalgan mamlakatga borib kelgan. Ixtisoslashtirilganizolyatorga yotqizilgan erkak bemorning ahvoli klinik jihatdan barqaror, tanasida tizimli kasalliklar yoki birga namoyon bo‘ladigan patologiya mavjud emas.

2024 yil boshidan 9 avgustgacha Afrikada maymun chechagi kasalligi bilan bog‘liq 17,5 mingdan ko‘p holat qayd etilgan, bemorlarning 517 nafari vafot etgan.

Mazkur xastalik Yevropada hozircha faqat Shvetsiyada tasdiqlandi, Osiyoda esa Pokiston, Filippin va Tailandda ro‘yxatga olindi.

Qo‘shma Shtatlar havo tahdidiga qarshi mudofaa bo‘yicha

yirik shartnoma imzoladi

Qo‘shma Shtatlar Amerika hududi va mamlakatdan tashqarida havo tahdididan himoya qilish xizmatini taqdim etish uchun bir necha kompaniya bilan 5,4 milliard dollarlik shartnoma tuzdi.

– Mazkur hujjat havo tahdidiga qarshi to‘liq shartnoma asosida havodan yordam ko‘rsatish xizmatini taklif etadi, – deyilgan mamlakat mudofaa vazirligi bayonotida.

2029 yil 13 oktyabrgacha yakunlanishi ko‘zda tutilgan loyiha AQSHda ham, xorijda ham amalga oshiriladi. Tegishli buyurtmalar Virjiniyada joylashgan “Airborne Tactical Advantage”, Nevadadagi “Blue Air Training”, Pensilvaniyada ro‘yxatdan o‘tgan “Coastal Defense” va Shimoliy Karolinaning “Tactical Air Support” kompaniyalariga berilgan.

Eron Rossiyaga qurol yetkazib berishi haqidagi xabarlarni rad etmoqda

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Qonuniy Tehron Ukrainadagi maxsus amaliyotda foydalanish uchun Rossiyaga qurol yetkazib bergani haqida Amerika matbuotida chiqqan axborotlarni rad etdi. Bu haqda “Fars” agentligi yozgan.

Kuni kecha Amerikaning CNN telekanali 6 sentyabr kuni Eron qisqa masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarni Rossiya Federatsiyasiga topshirgani haqida ma’lum qildi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayni mavzuga izoh berarkan, bunday ma’lumotlar har doim ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermasligini ta’kidlagan.

Islom Respublikasi tomoni avval ta’kidlaganidek, Moskva va Tehron o‘rtasidagi hamkorlikni Ukrainadagi mojaro bilan bog‘lashga har qanday urinish G‘arbning Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etishini oqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shols Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini tayyorlamoqda

“La Repubblica” gazetasi yozishicha, Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainada jangovar harakatni tugatish rejasini tayyorlamoqda. GFR hukumatiga yaqin manba kuzatuvchilarga reja asosida Ukrainadan hududiy imtiyoz berilishi mumkinligini aytgan.

Bir kun avval Shols ZDF telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi qurolli mojaroga barham berishni tezlashtirish bo‘yicha muzokara vaqti kelganini ta’kidlagandi.

S.Rahimov, O‘zA