Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining Yoshlar va sport masalalari bo‘yicha vazirlarining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov va Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ishtirok etgan yig‘ilish davomida Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazining ochilish marosimini 2025 yili O‘zbekistonda o‘tkazish va markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar chog‘ida 2025 yili Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarda o‘tkaziladigan yoshlar loyihalari va tadbirlar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 3 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Turkiy dunyo kreativ yoshlar markazini ochish taklifini bildirgandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA