Shols: Ukrainada urushni to‘xtatish bo‘yicha muloqot vaqti keldi

Rossiya va Ukraina qurolli mojarosini yakunlashni qanday tezlashtirish mumkinligi haqida bahs-munozara boshlash vaqti keldi, deya bayonot berdi GFR kansleri Olaf Shols ZDF telekanaliga bergan intervyusida.

Канцлер Shols присоединился к TikTok, но пообещал не tanцеvaть | Uкраинсkaя  правда

Uning aytishicha, G‘arb mamlakatlari va Ukraina yana bir tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shols tadbirda Vladimir Zelenskiy bilan birga Rossiya rasmiylari ham qatnashishi zarurligini ta’kidladi.

Moskva bir necha bor muloqotga tayyorligini bildirgan, biroq Kiyev muzokarani qonun darajasida taqiqlab qo‘ygan.

G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar soni 41 000 ga yaqinlashdi

Число жертв атак Израиля на сектор Газа увеличилось до 36 379 человек

Falastin sog‘liqni saqlash tizimi G‘azo bo‘limi vakili jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda ma’lum qilishicha, sektordagi harbiy amaliyot oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 41 mingga yaqinlashgan, 94 761 kishi  jarohat olgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida hududdagi fuqarolik infratuzilmasiga uch marta hujum uyushtirilishi natijasida 33 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 145 kishi jabrlangan.

Modining maslahatchisi Moskvaga keladi

Sоветник Моди приедет в Россию для переговоров с Putinым - India Today

India Today” telekanali Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun yaqin kunlarda Rossiyaga kelishini ma’lum qildi.

“U Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatni muhokama qilish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin  bilan uchrashmoqchi”, deyilgan axborotda.

Ta’kidlanishicha, Doval ushbu safari chog‘ida BRIKSga a’zo davlatlarning xavfsizlik masalalari uchun mas’ul vakillari uchrashuvida ishtirok etadi, Rossiya va Xitoy rasmiylari bilan muzokara o‘tkazadi.

Tramp: Putin Xarrisni qo‘llab-quvvatlab, meni qattiq xafa qildi

Tramp не знает, kaк расцениvaть заявление Putinа о поддержке Харрис –  Коммерсантъ

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlaganidan xafa ekanini tan oldi.

Avvalroq Rossiya yetakchisi Sharqiy iqtisodiy anjumanda so‘zga chiqib, Moskva Xarrisni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilib, jumladan, “Demokratlar nomzodining yuqumli kulgisi unda hammasi yaxshiligidan guvohlik bermoqda”, degandi.

– Men Putinni yaxshi bilardim, – dedi da’vogar Viskonsin shtatidagi tarafdorlari qarshisida. – U Kamalani qo‘llab-quvvatladi. Men bundan juda xafaman.

RF rahbari nega shunday deganiga izoh berarkan, Tramp uni “shaxmatchi”, deb atadi.

XXR noroziligiga qaramay, nemis kemalari Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi

SМИ: корабли ФРГ зайдут в Tayvanский пролив, несмотря на протест Pekinа -  Радио Sputnik, 08.09.2024

Germaniya harbiy kemalari sentyabr oyida Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. “Spiegel” nashri yozishicha, bu qaror Xitoy bilan “diplomatik kelishmovchilik” keltirib chiqarishi mumkin.

– Pekin ogohlantirganiga qaramay, “Baden-Vyurtemberg” fregati va “Frankfurt-Mayn” harbiy yordam kemasi sentyabr oyi o‘rtalarida Janubiy Koreyadan Jakartaga qarab Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi, – deyilgan xabarda. – Hukumat Xitoy bilan “diplomatik kelishmovchilik”ka tayyor, chunki kemalarni jo‘natish rejasini rasman e’lon qilmoqchi emas. Xalqaro huquq me’yoriga ko‘ra, bo‘g‘ozda kema qatnovi erkin amalga oshiriladi.

Eron Prezidenti: Poytaxtni ko‘chirish zarur!

Prezident Ирана предложил перенести столицу на юг

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakatning iqtisodiy va siyosiy markazini janubiy chegara yaqiniga, Fors ko‘rfazi sohiliga ko‘chirish zarurligi haqida bayonot berdi.

– Tehron hal qilib bo‘lmaydigan muammolarga duch kelmoqda, – deb yozgan “Fars” axborot agentligi mamlakat yetakchisining so‘zlaridan iqtibos keltirib – Shu bois poytaxtni ko‘chirishdan boshqa yo‘l yo‘q. Bosh shaharga xom ashyo va boshqa resurslar janubdan va dengiz yo‘lidan keladi. Tayyor mahsulotni tayyorlab, eksport qilish uchun yana janubga – dengiz tomonga tashish kerak. Bunday holat bizning raqobatbardoshligimizni keskin pasaytiradi.

Prezident ta’kidlashicha, yangi poytaxt tanlangach, barcha davlat muassasalari ko‘chiriladi. Shundan so‘ng tehronliklarga ham ko‘chib o‘tish imkoni beriladi.

Erdog‘an: XAMAS nafaqat G‘azoni, balki Turkiyani ham himoya qiladi

Kurdistan.Ru [новости] XAMAS защищает не только сектор Газа, но и Турцию, заявил  Эрдоgaн

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Falastinning XAMAS harakati nafaqat G‘azo, balki Turkiyani ham himoya qilishini aytib, Isroil kengayishiga qarshi islomiy davlatlar koalitsiyasini tuzishga chaqirdi.

– Mamlakatimizda va boshqa musulmon davlatlarida ko‘pchilik bu masalani o‘zi uchun muhim emas, deb hisoblaydi va qattiq yanglishadi, – dedi Erdog‘an. – Avval aytganimdek, Isroil shu ruhda davom etsa, Ramallohni bosib olgach, Isroil Livan va Suriyaga ko‘z tikadi. Shundan so‘ng bizning Dajla va Furot daryolari orasidagi hududlarni ham xohlashadi. Xarita oldida suratga tushib, bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirishadi. Shu nuqtai nazardan XAMAS nafaqat G‘azo yoki islomiy yerlar, balki Turkiyani ham himoya qilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA