5 sentyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, vakolatli davlat organini bojxona brokeri sifatida faoliyatni hamda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida xabardor qilish tartibini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, mazkur faoliyat turlarini boshlash yoki tugatish to‘g‘risida vakolatli davlat organini xabardor qilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zA