4-5 sentyabr kunlari poytaxtimizda SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari a’zolari Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Mamlakatimizga tashrif chog‘ida yuqori martabali mehmonlar, rasmiy xorijiy delegatsiyalarning ushbu yodgorlik poyiga gul qo‘yishi yaxshi an’anaga aylangan.
O‘zA