QNA bosh direktori Ahmad bin Said Al Rumayhiy Agentlik muntazam taraqqiyot va modernizatsiya strategiyasi doirasida sun’iy intellekt dasturlaridan foydalanish kengayishini ma’lum qildi. Bu kompleks rivojlanish rejasiga muvofiq, faoliyat samaradorligini oshiradi.
Shuningdek, jamoada raqamli platforma va yangiliklar xizmatida ham ijobiy o‘zgarishlar kutilyapti.
– QNA monitoring, tahlil qilish, ishlab chiqarish, tarqatish va kuzatish bosqichlarida texnologiyadan samarali foydalanish orqali xizmat turini kengaytirish ustida izchil ish olib boradi, – dedi u. – Agentligimiz texnologik taraqqiyot bilan doimo hamqadam yurishga intiladi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA