Qozog‘istonning yirik moliya muassasalari “Halyk Bank”, “Freedom Bank” va “Bank RBK” Rossiyaning “Zolotaya korona” to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni texnik sababga ko‘ra to‘xtatdi.

“Halyk Bank” aloqa markazidan ma’lum qilinishicha, bunga xalqaro iqtisodiy sanksiya sabab, deyilgan “RIA Novosti” xabarida.

– Pul jo‘natish va qabul qilib olishda xavf mavjudligi uchun tizim faoliyati to‘xtatildi, – deyilgan bayonotda.

Qolgan ikki bank ham shu mazmundagi ma’lumotni tasdiqladi. Tizim qachon qayta ishga tushishi haqida ma’lumot berilmagan.