Fransiya poytaxti Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para taekvondo WT bo‘yicha ayollar o‘rtasida K44 tasnifida vazni 47 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Ziyodaxon Isoqova musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida perulik Anjelika Leonor Espinoza Karranzaga qarshi dayanga chiqdi. Afsuski, mazkur bahsda taekvondochimizga biroz omad yetishmadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Paralimpiya o‘yinlarining S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulda suzish bahslarida Muslima Odilova 1:05.43 natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa, to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasining ilk kunini delegatsiyamiz bittadan kumush va bronza medaliga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA