Yaponiya hukumati kecha kuchli “Shanshan” to‘foni shiddatli yomg‘ir va kuchli shamol bilan janubi-g‘arbiy mintaqaga yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan maxsus ogohlantirish e’lon qildi.

AzerTAJ” yozishicha, havo va temir yo‘l transporti kompaniyalari soniyasiga 50 metr tezlikda esayotgan shamol va 70 metrgacha chiqadigan “o‘ta kuchli” tasniflangan tayfun tufayli yaqin kunlardagi 230 dan ortiq reys bekor qilindi. “Toyota Motor” barcha 14 zavod ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

“Shanshan” to‘foni bir necha kun ichida kun chiqar yurt janubi-g‘arbiy qismidagi Kyusyu oroliga kelib, shu dam olish kunlari markaziy va sharqiy mintaqalarga, jumladan poytaxt Tokioga ham xavf solishi mumkin, deya xabar bergan JMA.

Rasmiylar tomonidan Kyushu orolidagi Kagosima prefekturasida 800 mingdan ortiq aholini, shuningdek markaziy Aiti va Sizuoka muzofotlarini evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.