Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning «KOMSCO» kompaniyasi direktori Sung Chang Xun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniya direktori O‘zbekistonda IT sohasi jadal rivojlanayotganini yuqori baholadi. Koreyaning mobil milliy ID platformasi loyihasi taqdimoti o‘tkazilib, uning afzalliklari va tuzilishi hamda ushbu loyihaning Koreyada amalga oshirilishi tarixi haqida ma’lumot berildi.

Vazir Sh.Shermatov Yagona integrator – UZINFOCOM loyihada hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, vazirlikning kelgusi yillardagi istiqbolli rejalari haqida so‘z yuritib, yosh mutaxassislar uchun yuqori maoshli ish o‘rinlari tashkil etish asosiy maqsadlardan biri ekanini ta’kidladi.

Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

N.Rahmonova, O‘zA