Yaqinda Prezident farmoni bilan 33-yozgi Olimpiada o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari, ularning murabbiylari hamda sport delegatsiyamiz a’zolaridan bir guruhi mukofotlangan edi.

Marosimda davlatimiz rahbari ushbu yuksak mukofotlarni o‘z sohiblariga tantanali topshirdi.

So‘zga chiqqan sportchilar, murrabiy va ota-onalar e’tibor va ishonch, yaratilgan sharoitlar va rag‘bat uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tiladi.

O‘zA