Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini astoydil himoya qilgan, lekin ozgina omadi kelmagan sportchilarimizni ham samimiy tabrikladi.

Xususan, badiiy gimnastika bo‘yicha sportchi-qizlarimiz Olimpiya o‘yinlari tarixida birinchi marta guruh bellashuvlarining final bosqichiga yetib bordilar.

Ular dunyoning eng kuchli 8 ta jamoasi orasidan joy egallagani ham o‘ziga xos muhim natija bo‘lgani qayd etildi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz tarixida birinchi marta Olimpiya maydonlarida to‘p surgan navqiron futbolchilarimiz jahondagi eng kuchli jamoalarga qarshi munosib kurash olib borgani ta’kidlandi.

–Olimpiada o‘yinlari ko‘plab sportchilarimiz uchun, garchi ular sovrinli o‘rinlarga erishmagan bo‘lsalar ham, o‘ziga xos katta tajriba maktabi bo‘ldi. Va barchamiz kelgusida ulardan yuksak natijalar kutishga haqlimiz, – dedi Prezident.

O‘zA