Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

O‘zbekiston taekvondo bo‘yicha birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ayniqsa, mohir sportchimiz Ulug‘bek Rashitov Olimpiya harakati solnomasida taekvondo bo‘yicha eng yosh toifada ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi.

Shu paytgacha dunyoda faqat 4 nafar sportchi shunday yuksak sharafga sazovor bo‘lgan edi. Ulug‘bek esa beshinchi bo‘lib, ularning safidan munosib va mustahkam joy egalladi.

U oyog‘idan qattiq jarohat olganiga qaramay, shiddatli final jangida kuchli raqibga qarshi mardona jang qilib, g‘olib qahramonga aylandi.

O‘zA