26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali matbuot markazi ish boshladi.

Bu yerda mahalliy hamda chet ellik jurnalistlarning faoliyat ko‘rsatishlari, turli tadbirlardan tezkor materiallar tayyorlashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratildi.

– Matbuot markazida 80 ta kompyuter va printer o‘rnatilgan, ular yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan, – deydi Madaniyat vazirligi axborot xizmati mas’ul xodimi Orifjon Fayziyev. – Shuningdek, matbuot markazi tomonidan  Wi-Fi internet tarmog‘i havola hamda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlardan olingan rasm va video  ma’lumotlarni o‘zida jamlovchi (QR-kod) baza tashkil etilgan.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar  matbuot markazida Registon maydonida bo‘lib o‘tayotgan barcha tadbirlarni katta Led-ekran orqali online rejimida kuzatish imkoniyati ega.

Z.JONIBEKOV, A.ISROILOV, O‘zA