Portugaliyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda Humoyun Sultonov juftlik bahslarida vitse-chempionga aylandi.

Juftlik bahslarining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Humoyun Sultonov germaniyalik Lukas Deliano bilan birgalikda portugaliyaliklar Frederiko Silva va Diogo Markes tandemiga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda Humoyun va Lukasga biroz omad yetishmadi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shunday bo‘lsada, ular musobaqa vitse-chempioni sifatida e’tirof etildi va tashkilotchilar tomonidan 900 AQSH dollari hamda 16 reyting ochkosiga ega chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida: Humoyun Sultonov o‘tgan haftada Portugaliya mezbonligida o‘tgan mazkur musobaqaning birinchi seriyasida yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Bu haftada esa chorak finalga qadar yetib bordi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA