Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi “UNA-OIC” xabar berishicha, 2 sentyabr, dushanba kuni Qirol Salmon xalqaro arab tili akademiyasi IHT axborot agentliklari ittifoqi bilan birga “Axborot agentliklarida arabcha kontentni kengaytirish” nomli virtual simpozium o‘tkazadi.
Anjumanda Tashkilot Bosh kotibiyati, arab tilida so‘zlashmaydigan IHTga a’zo davlatlar ekspertlari va rasmiy axborot agentliklari vakillari ham ishtirok etadi.
Vebinarda arab tilida kontent tayyorlash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yo‘llari va boshqa zarur yechimlar muhokama qilinadi, xodimlarning tahrirlash malakasi, shuningdek kelajak dasturlariga asos yaratish ko‘nikmasi tahlil qilinadi.
Tadbirda Akademiya, IHT va tashkilotga qarashli tuzilmalar o‘rtasidagi mavjud hamkorlik doirasida arab tili xalqaro forumlarda rasmiy til sifatida qo‘llanishi, yangilik va xabarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinxron tarjima qilinishi masalasi ham ko‘tariladi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA