«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, temir yo‘l kassalarida chiptalarni maxsus avtomatlashtirilgan chipta sotish terminalidan xarid qilish mumkin.
Ta’kidlanishicha, mazkur terminaldan chipta rasmiylashtirishda, kerakli yo‘nalish, vagon va o‘rindiq tanlanadi. So‘ngra, shaxsiy ma’lumotlarni kiritib, to‘lov kartalari orqali chipta xarid qilinadi. Hozirda ushbu avtomatlashtirilgan terminal Toshkent markaziy vokzalida test tartibida ishlamoqda. Yaqin kunlarda uni respublikaning qolgan barcha temir yo‘l vokzallariga o‘rnatish rejalashtirilgan. Shuningdek, terminaldan yo‘lovchi poyezdlar jadvali haqida ma’lumot olish ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 1 dekabrgacha yagona onlayn platforma ishga tushirilib, temir yo‘l chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinishi haqida xabar qilgingan edi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA