Dunyo xabarlari qisqa satrlarda

476

Bayden: Xarris hech qachon Putin oldida egilmaydi

AQSH Prezidenti Jo Bayden Chikagoda Demokratik partiya qurultoyidagi chiqishida aytishicha, vitse-prezident, demokratlardan davlat rahbarligiga nomzod Kamala Xarris, agar noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alabaga erishsa, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin qarshisida hech qachon egilmaydi.

– Men egilmadim va va’da qilamanki, Kamala Xarris ham hech qachon egilmaydi, – dedi Bayden.

Bayden заявил, что Xarris "никогда не склонится перед Putinым" - RIA Novosti, 20.08.2024

Oq uy sohibi ta’kidlashicha, uning ma’muriyati davrida AQSH Yevropani birlashtirishga erishdi, Xitoydan texnologiya borasida ortda qolish xavfini bartaraf qildi.

Ukraina bo‘yicha muzokara qayerda o‘tishi mumkin?

WP uзнала о секретных переговорах о мире, сорvaнных настuплением ВSУ — РБК

Siyosiy tahlilchi Engin O‘zer “RIA Novosti”ga bildirishicha, Rossiya – Ukraina mojarosini bartaraf qilish bo‘yicha muzokara Boku shahrida o‘tishi mumkin, ammo Turkiya vositachiligi hozir kun tartibida emas.

– RF Prezidenti Vladimir Putinning Ozarbayjonga tashrifi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda, – dedi u. – Prezident Ilhom Aliyev Rossiya bilan muvozanatli siyosat olib borayotgani ma’lum. Boshqa tomondan respublika Qo‘shilmaslik shartnomasi a’zosi. Yaqin orada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Bokuga tashrif buyursa, ajabmas. Ikki tomonning ham ishonchiga kirgan Ozarbayjon yil oxirigacha boshlanishi ehtimoli mavjud tinchlik muzokarasi uchun yaxshi maydon bo‘lishi mumkin.

Avgustda Yaponiyada 53 kishi issiq urushidan shikoyat qilgan

Tokio kasalxonalariga 19 avgust kuni 53 kishi yotqizildi. Ular oftob urishidan shikoyat qilib, shifokorga murojaat qilgan. Ushbu xabarni Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi mahalliy yong‘inni o‘chirish xizmati ma’lumotиga tayanib tarqatgan.

Quyosh nuridan jabrlanganlar 13-80 yosh oralig‘ida bo‘lib, bemorlarning ahvoli og‘ir ekani aytilgan. Mamlakat tezkor yordam xizmati odamlarni issiq ob-havoda tavsiya etiladigan barcha ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Trampning navbatdagi va’dasi

Tramp предложит Маскu место в prezidentском кабинете, пишuт SМИ - RIA Novosti, 20.08.2024

AQSH sobiq Prezidenti, respublikachi nomzod Donald Tramp, agar prezident saylovida g‘alabaga erishsa, mamlakatning tashqi qarzini kamaytirishga va’da berdi.

– Biz mamlakat qarzini to‘laymiz, – dedi u Amerika simli televideniye tarmog‘i namoyish qilib borgan, Nyu-Yorkda o‘tgan yig‘ilishda. – 35 trillion dollarlik miqdorni tez fursatda qisqartirsa bo‘ladi.

Tramp ta’kidlashicha, byudjet tanqisligi hamda tashqi qarzni muvofiqlashtirish uchun uning ma’muriyati neftdan foydalanadi.

Iyul oyi oxirida Qo‘shma Shtatlarning davlat qarzi rekord darajaga ko‘tarilib, 35 trillion dollarga yetgan.

Janubiy Koreya 36 ta zamonaviy vertolyot sotib oladi

Koreya Respublikasi AQSHdan “Apache” vertolyotlarini xarid qilmoqchi. Pentagon bilan mudofaa hamkorligi agentligi ma’lum qilishicha, ushbu kelishuvni Davlat departamenti ma’qullagan.

– Janubiy Koreyaga 3,5 milliard dollarlik 36 vertolyot va zarur ehtiyot qismlar sotish to‘g‘risidagi kelishuv tasdiqlandi, – deyilgan bayonotda.

Shols: GFR Ukrainaning Yevropadagi eng kuchli tarafdori bo‘lib qoladi

ФРГ осtaнется самым сильным сторонником Украины в Европе, заявил Shols - RIA Novosti, 19.08.2024

GFR kansleri Olaf Shols Germaniya Yevropadagi eng yirik davlat sifatida Ukrainaga yordam berishda davom etishini tasdiqladi.

– Germaniya hozir Ukrainaning Yevropadagi eng kuchli tarafdori hisoblanadi, – deb yozdi kansler ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Katta yettilik (G7) bilan birga ajratilgan 50 milliard yevrolik kreditdan tashqari o‘zimiz ham ushbu davlatga ko‘maklashamiz. Bu mablag‘ Ukrainaga ko‘p miqdorda qurol-yaroq sotib olish imkonini beradi. Ukraina bizga tayanishi mumkin.

Hindiston Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘la olmaydi

Индия не может быть посредником междu Россией и Украиной, пишuт SМИ - RIA Novosti, 20.08.2024

Hindiston Rossiya va Ukrainaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vositachisi bo‘lolmaydi, biroq ikki mamlakat o‘rtasida ma’lumot yetkazib turishga yordam berishi mumkin, deb yozdi “Hindustan Times” gazetasi.

Avvalroq NDTV telekanali mamlakat TIV bayonotiga tayanib, Bosh vazir Narendra Modi 2024 yil 21-23 avgust kunlari Polsha va Ukrainaga borishi haqida xabar tarqatgandi.

S.Rahimov, O‘zA