Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Xo‘jaylidagi Samonko‘l va Bag‘man mahallalarida tadbirkorlar 10 million dollar investitsiya kiritib, 2 ta parrandachilik kompleksini ishga tushirmoqchi.
To‘rtko‘ldagi Ullibog‘ mahallasida 6 ta tadbirkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ularga asosiy temir yo‘lga ulanish uchun o‘z hisobidan 100 metr tarmoq tortishga ruxsat berilsa, qo‘shimcha 50 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, 2 million dollarlik eksport qilishini aytmoqda.
Beruniy, To‘rtko‘l, Xo‘jayli va Amudaryo tumanidan o‘tuvchi “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘li bo‘yidagi 140 gektar yerda 300 ta savdo va servis ob’ektini joylashtirsa bo‘ladi.
Ellikqal’ada 19 ta mahalla atrofida bozor yo‘qligi uchun To‘rtko‘l va Beruniy tumanlariga borishga majbur. Bu mahallalarga yaqin joydan 10 gektar ajratilsa, tadbirkor 5 million dollar investitsiya kiritib, zamonaviy bozor qurmoqchi.
O‘zA