1982 yilda qabul qilingan Turkiya Konstitutsiyasi yillar davomida 19 marta o‘zgartirilgan va endi mamlakat ehtiyojini qondira olmayapti. Shu munosabat bilan kuzgi sessiya boshida, oktyabr oyida Respublika asosiy qonuni yangi loyihasi muhokamasini boshlash rejalashtirilgan. Bu haqda Buyuk Millat Majlisi raisi No‘’mon Qurtulmush ma’lum qilgan. Yangi Qomusni qabul qilish bo‘yicha alohida yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.
– 2025 yil oktyabrgacha davom etadigan muhokamada turli siyosiy partiyalar vakillari, jamoatchilik, oliy o‘quv yurtlari, sud-huquq tizimi va jamiyatning boshqa sohalari vakillari ishtirok etadi, – dedi parlament spikeri. – Barcha tashabbuslar tahlil qilinadi. Keyin qonunchilik muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Yangi Konstitutsiyani qabul qilish 28-chaqiriq noiblarining asosiy missiyalaridan biri bo‘lib, davlatni yanada mustahkamlashga yordam beradi.