Saudiya Arabistoni “Swift News”, “Wejhatt24” va “Indexeconomic” elektron nashrlarida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali haqida maqolalar e’lon qilindi.

– Markaziy Osiyodagi eng nufuzli festivallardan biri millatlar madaniyati va an’analarini asrash, rivojlantirish, sozandalik, xonandalik yo‘nalishida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘ri kenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishga xitzmat qiladi, – deyilgan bir materialda.

Qayd etilishicha, 27-28 avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyili” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Tadbirda musiqashunoslar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchi-doktorant, magistrantlar ishtirok etadi.

Boshqa bir nashr esa mazkur yirik san’at bayramining tantanali ochilishi va yopilishiga, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimiga e’tibor qaratgan.

O‘zA