Bugun, 15 avgust kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida sambo bo‘yicha jahon kubogi bahslari boshlandi.

Dunyoning eng kuchli sambochilari ishtirok etayotgan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda. Dasturga muvofiq, bugungi bellashuvlarda erkaklar 64, 79 va 98 kilogrammda, ayollar 54, 59, 65, 72, 80 kilo og‘irlikdagi bellashuvlarda gilamga chiqadi.

Jangovar sambo musobaqalarida sportchilar 58, 71, 88 va +98 kilogrammda kurash olib bormoqda. Sambo musobaqalarining ilk kunida -72 kilogramm vaznda Muxlisa Turdiyeva va -58 kilo og‘irlikda Munis Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jahon kubogi bahslarining barcha vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar ertaga aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA